Rossiyada doʻstona boʻlmagan mamlakatlardan dengiz mahsulotlari importiga 35 foiz boj joriy etish taklif qilindi
Rossiya Moliya vazirligi doʻstona boʻlmagan mamlakatlardan olib kiriladigan dengiz mahsulotlariga 35 foizlik boj joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorladi. Hujjat idoralar tomonidan kelishiladi.
27-noyabr, 18:39По-русски

interfax.ru
27 noyabr kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi bosh vazir oʻrinbosari — moliya vaziri Anton Siluanov Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining yalpi majlisida ushbu tashabbus haqida maʼlum qildi.
Hozirda bunday dengiz mahsulotlari importiga boj undirilmaydi. Moliya vazirligi tayyorlagan loyiha 35 foizlik stavkani nazarda tutadi; hujjat idoralar bilan kelishilmoqda.



