Mao Shimada Finlyandiyadagi Gran-pri bosqichida gʻolib boʻlib, finalga chiqdi
Yaponiyalik figurali uchuvchi Mao Shimada Finlyandiyadagi Gran-pri bosqichida gʻalaba qozonib, seriya finaliga yoʻllanma oldi. Bu uning xalqaro turnirlardagi ketma-ket 21-gʻalabasi boʻldi.
23-noyabr, 17:38По-русски

sports.ru
Erkin dasturda sportchi kichik xatoga yoʻl qoʻydi, biroq chiqishini tabassum bilan yakunlay oldi. Chiqishidan soʻng Shimada: «Natijadan, ayniqsa, Gran-pri finaliga yoʻl olganimdan juda xursandman», dedi.
Figurali uchuvchi final ishtirokchilarining chiqishlarini anchadan beri tomosha qilib kelganini va bir kuni ular qatoridan joy olishni orzu qilganini ham aytdi. Endi Shimada bunday imkoniyatga ega boʻlganidan baxtiyor ekanini bildirdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
