Oʻzbekistonlik para dzyudochilar Misrda beshta medalni qoʻlga kiritdi
Misrning Iskandariya shahrida para dzyudo boʻyicha IBSA Gran-prisi davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi beshta medalni qoʻlga kiritdi: ikkita oltin, bitta kumush va ikkita bronza.
23-noyabr, 15:39По-русски

Ikkala oltin medalni ham J2 klassidagi sportchilar qoʻlga kiritdi: 70 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Kemran Nurillayev va 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Kumushxon Xoʻjayeva.
J1 klassida 81 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etgan Shohrux Mamedov kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Bronza medallariga J2 klassida Sherzod Namozov va J1 klassida Bonu Boboyeva sazovor boʻldi.
Turnir davom etmoqda, oʻzbekistonlik sportchilarni oldinda yangi bellashuvlar kutmoqda.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
