Tramp Shavkat Mirziyoyevga oʻzbek ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovgʻa qilingan ayvonlar uchun minnatdorlik bildirdi. 17 noyabr kuni ular Vashingtondagi West Potomac Parkida oʻrnatildi.

Tramp bu haqda ochilish marosimidan soʻng Truth Social tarmogʻida yozdi. U Marine One vertolyotida majmua ustidan uchib oʻtganini taʼkidladi. Tadbirda Oʻzbekiston elchisi Furqat Sidikov va AQSh ichki ishlar vaziri Duglas Burgum ishtirok etdi.
Trampning soʻzlariga koʻra, oʻzbek ustalari bir necha oy davomida oilalaridan uzoqda va murakkab ob-havo sharoitida ishlagan. Ayvonlar 200 yillik togʻ yongʻogʻi daraxtlari yogʻochidan tayyorlangan. AQSh prezidenti, shuningdek, Vashingtondagi Oʻzbekiston elchixonasi va AQSh Milliy bogʻlar xizmati ustalar bilan hamkorlik qilgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Tramp sovgʻani shaxsiy mulkida qoldirmaslikka, balki undan jamoatchilik foydalanishi uchun ochiq qilishga qaror qilganini maʼlum qildi. Ayvonlar Tidal Basin suv havzasi boʻyida — Tomas Jefferson va Jorj Vashington yodgorliklariga qaragan holda oʻrnatildi.
AQSh prezidenti Milliy qahramonlar bogʻi ochilganidan bir yil oʻtgach, bu joy turmush qurish takliflari, diplomatik qabullar, sakura gullashi festivali paytidagi fotosessiyalar va sayrlar uchun maskanga aylanishini kutmoqda.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
