Garri Keyn «Uembli»da Angliya terma jamoasi rekordini oʻrnatishga hozirlik koʻrmoqda
Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn payshanba kuni terma jamoa safidagi rekord darajadagi 126-uchrashuvini oʻtkazishi mumkin. «Uembli»da Xorvatiyaga qarshi oʻyin oldidan uning sharafiga taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

Agar Keyn Angliyaning Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi oʻyinida asosiy tarkibdan joy olsa, terma jamoa safidagi 126-uchrashuvini oʻtkazadi va afsonaviy darvozabon Piter Shiltonning natijasidan oʻzib ketadi.
Uchrashuv boshlanishidan oldin Keynning rekord oʻrnatishi munosabati bilan hamda uning terma jamoaga qoʻshgan hissasi sharafiga taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. Angliya chorak final yoʻllanmasini deyarli kafolatlab boʻldi, Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi oʻyinlar esa turnirning mart oyidagi bosqichi oldidan Angliyaning mavqeini mustahkamlashi mumkin.
Oʻtgan oy Keyn «Oltin toʻp»ni oldi. Muxlislar soʻrovida ham u Angliya terma jamoasi tarixidagi eng buyuk futbolchi deb topildi. Shunga qaramay, bosh xalqaro sovrin hozircha unga nasib etmagan: jamoa Yevropa chempionatining ikki finalida magʻlub boʻldi va jahon chempionatining yarim finallarida alamli magʻlubiyatlarni boshdan kechirdi.
Keyn Angliya terma jamoasi safida 91 ta gol urgan — bu jamoaning boshqa barcha futbolchilaridan koʻp. Undan oldingi rekord Ueyn Runiga tegishli boʻlib, u Bobbi Charltonning natijasidan oʻtib, koʻrsatkichni 53 ta golga yetkazgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
