Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Bu hidlar startapi sunʼiy intellekt «burni» insonnikidan qolishmasligini daʼvo qilmoqda

Osmo asoschisi Aleks Vilchko model hidlarni oddiy insondek taniyishi va boshlangʻich parfumer kabi hidlar yarata olishini aytdi.

18-noyabr, 19:08По-русски

Read in English

technologyreview.com

Nyu-Jersidagi Nyuark aeroporti yaqinidagi Osmo laboratoriyasida modelni oʻqitish uchun hidlar haqidagi maʼlumotlar yigʻiladi. 30 ga yaqin degustator namunalarni taʼriflaydi, kimyoviy sensorlar esa tarkibini qayd etadi.

Kompaniya tizim bir necha oyda hidlarni tanishda «inson darajasi»ga yetganini daʼvo qilmoqda. Osmo maʼlumotiga koʻra, yaqindagi testda u isteʼmol tovarlari boʻyicha eng yirik kompaniyalardan birining shtatdagi parfumerlaridan oʻzgan. Texnologiya, jumladan Procter & Gamble uchun aromatlar yaratishda allaqachon qoʻllanmoqda.

Osmo maʼlumotlar toʻplamida 10 mln dan ortiq inson tavsifi va 800 mln «aromatik token» — molekulalar hamda ularning konsentratsiyalari haqidagi maʼlumot bor. Startap maktab avtobusi kattaligidagi robot yaratgan: u formulaga koʻra ingredientlarni aralashtirib, aromat namunalarini chop etadi.

Olim Eyveri Gilbert Osmoning ayrim marketing daʼvolari tasdiqlanmaganini, patent arizalari hanuz odamlar va parfumerlar bahosiga tayanishini aytdi. Sobiq maslahatchi Maykl Shmuker texnologiyani yutuq deb atab, hidni idrok etish kontekstga bogʻliqligini taʼkidladi. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish va tibbiy diagnostikada qoʻllash hozircha istiqbol: buning uchun sensorlar aniqroq boʻlishi kerak.