YTTB Eurasia Bottlers kompaniyasiga 11,4 mln yevrogacha ajratadi
YTTB Eurasia Bottlers kompaniyasiga yangi majmua va quyish liniyalari uchun 11,4 mln yevrogacha ajratadi. Loyiha energetik ichimliklardan tashqari alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni kengaytiradi.

Toshkentda YTTB Oʻzbekistonning Eurasia Bottlers kompaniyasini rejalashtirilayotgan moliyalashtirish haqida maʼlum qildi. Mablagʻlar ishlab chiqarish majmuasini qurish hamda ichimliklarni alyuminiy bankalar va PET-butilkalarga quyish liniyalarini oʻrnatishga yoʻnaltiriladi.
Hozir kompaniya assortimentining asosiy qismini energetik ichimliklar tashkil etadi. Kengaytirish boshqa turdagi alkogolsiz mahsulotlarni koʻproq ishlab chiqarish va assortimentni diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Bank bahosiga koʻra, loyiha mahalliy ishlab chiqaruvchilarga import mahsulotlari bilan raqobatlashishda ham yordam beradi.
Eurasia Bottlers operatsion va resurs samaradorligini oshirish choralarini joriy etmoqchi. Yangi majmuani ekologik va resurs xususiyatlarini baholash tizimi boʻlgan BREEAM standarti boʻyicha sertifikatlash rejalashtirilgan. Sertifikatlash energiya, suv va xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirishi, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi kerak.
YTTB maʼlumotiga koʻra, bank Oʻzbekistonga 225 loyiha doirasida taxminan $7,5 mlrd (€6,8 mlrd) investitsiya kiritgan. Mablagʻlarning katta qismi xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.



