SpaceX bino ichidagi aloqa uchun ixcham Starlink Mobile minoralarini ishlab chiqmoqda
Ilon Mask SpaceX Starlink Mobile uchun ixcham mikrosotali baza stansiyasini ishlab chiqayotganini aytdi. Uni tomlarga oʻrnatib, bino ichidagi signalni yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Ilon Maskning aytishicha, SpaceX Starlink Mobile foydalanuvchilari uchun qurilma ishlab chiqmoqda. Ixcham mikrosotali baza stansiyasini bino tomiga joylashtirish rejalashtirilgan.
Maskning soʻzlariga koʻra, qurilma signalning qalin devorlardan oʻtishi va bino ichida aloqa tarqalishiga yordam berishi kerak. Shu bilan binolarda sunʼiy yoʻldoshdan keladigan toʻgʻridan-toʻgʻri signalning zaifligi muammosi hal qilinishi kerak. Yangi qurilmaning texnik xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan.
Starlink Mobile Direct-to-Cell texnologiyasidan foydalanadi va katta hajmli terminallarsiz oddiy 4G/5G smartfonlar uchun moʻljallangan. Sunʼiy yoʻldoshlar kosmik baza stansiyalari vazifasini bajarib, yer usti qamrovi yoʻq joylarda SMS, messenjerlar va internetni taʼminlaydi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
