Oʻzbekiston World Sailingʻning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Oʻzbekiston Yelkanli sport federatsiyasi Tsindaodagi Bosh assambleyada oʻtkazilgan ovoz berishdan soʻng World Sailingʻga toʻlaqonli aʼzo boʻldi. Arizani qatnashchilarning 95,08 foizi qoʻllab-quvvatladi.
23-noyabr, 15:09По-русски

Oʻzbekiston Yelkanli sport federatsiyasi yelkanli sportni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot — World Sailingʻning toʻlaqonli aʼzolari qatoriga kirdi. Qaror arizani Xitoyning Tsindao shahridagi Bosh assambleyada koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilindi.
Yangi maqom federatsiyaga World Sailingʻning rivojlantirish dasturlaridan foydalanish imkonini beradi. Oʻzbekistonlik sportchilar Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqi uchun saralash musobaqalarida ham ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
