Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Stefen Karrisiz «Golden Steyt»ning har oʻyindagi natijadorligi 24 ochkodan koʻproqqa kamaydi

Stefen Karri jarohatidan soʻng «Golden Steyt» ketma-ket besh oʻyinda yutqazdi, jamoaning oʻrtacha natijadorligi esa taxminan 120 ochkodan 95,8 ochkogacha tushdi.

20-noyabr, 13:08По-русски

Read in English

championat.com

NBA muntazam chempionatining soʻnggi oʻyinida jamoa «Memfis Grizzlis»ga 98:126 hisobida yutqazdi. Karri jarohatidan oldin «Golden Steyt» 11 uchrashuvning sakkiztasida gʻalaba qozonib, har oʻyinda oʻrtacha qariyb 120 ochko jamgʻargan.

Karri 12 noyabr kuni «Xyuston Rokets» bilan oʻyinda (108:115) qorin qiya mushagi uzilishiga uchradi va shundan beri maydonga tushmadi. Pleymeyker jarohatidan soʻng jamoa barcha besh oʻyinda magʻlub boʻldi, uning oʻrtacha natijadorligi 95,8 ochkoni tashkil etdi.

Muntazam chempionatdagi 16 oʻyindan soʻng «Golden Steyt» sakkizta gʻalaba va sakkizta magʻlubiyat qayd etgan.