Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda kapital bozori vositalarini kengaytirish maʼqullandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kapital bozori toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda maʼqulladi. Hujjat Senatga yuborildi; u yangi moliyaviy vositalar uchun qoidalarni joriy etadi.

18-noyabr, 13:42По-русски

Read in English

Qonun loyihasi hosilaviy moliyaviy vositalar, taʼminlangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya, sukuk va barqaror rivojlanish obligatsiyalarini chiqarish hamda muomalaga kiritish tartibini belgilaydi. Shuningdek, u kliring va kastodial xizmatlarni tartibga soladi.

Hujjat bozorning professional ishtirokchilariga, axborotni oshkor etishga, nazorat va tekshiruvga nisbatan yangi talablarni nazarda tutadi. Deputatlarning fikricha, bu normalar investorlar ishonchini oshirishi, kompaniyalarning uzoq muddatli moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi kerak.