Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

CENTCOM «Ruzvelt» aviatashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa kirganini tasdiqladi

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) dushanba kuni, 16 noyabrda, USS Theodore Roosevelt yadroviy aviatashuvchi kemasi bir kun avval oʻz masʼuliyat hududiga kirganini maʼlum qildi.

17-noyabr, 16:21По-русски

Read in English

United States Navy U.S. Navy photo by Mass Communication Specialist Seaman… / Wikimedia Commons

Qoʻmondonlik aniqlik kiritishicha, kema mintaqada rejalashtirilgan joylashtirish doirasida turibdi.

Theodore Rooseveltning Erondan janubi-sharqda joylashgan Arab dengiziga kelishi bilan AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchta aviatashuvchi kemasi bir vaqtning oʻzida shu hududda joylashgan. Undan tashqari, u yerda avvaldan USS George Washington va USS George Bush faoliyat yuritmoqda.

Biroq, kutilishicha, aviatashuvchi kemalarning bunday toʻplanishi uzoq davom etmaydi. AQShning aviatashuvchi zarba guruhlari mintaqaga rotatsiya tamoyili asosida yoʻnaladi, shu bois yangi kemalar joylashtirilishini yakunlayotgan kemalar oʻrnini egallaydi.