Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Toshkentning sakkiz tumaniga yangi prokurorlar tayinlandi

Oʻzbekiston Bosh prokurori Toshkentning sakkiz tumani prokuraturasi rahbarlarini tayinlash haqidagi buyruqlarni imzoladi. Ularning barchasi adliya katta maslahatchisi.

17-noyabr, 19:01По-русски

Read in English

Toshkentning Mirzo Ulugʻbek, Yakkasaroy, Olmazor, Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va Mirobod tumanlariga prokurorlar tayinlandi.

Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori etib ilgari Yunusobod prokurori boʻlgan Abdurahmonov Yahyo Abdugʻaniyevich, Yakkasaroy tumani prokurori etib esa avval Olmazor prokuraturasini boshqargan Axunov Ahror Gʻaniyevich tayinlandi.

Olmazor tumani prokurori Muxiddinov Abdurahim Akramjon oʻgʻli boʻldi. U tayinlovga qadar Bosh prokuraturaning yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini boshqargan. Yashnobod prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari Shamuratov Oybek Rajabboy oʻgʻli rahbar etib tayinlandi.

Chilonzor tumani prokurori etib Samarqand viloyati prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari Bazarov Sarvar Tuxtamurodovich, Yunusobod tumani prokurori etib esa Buxoro viloyati prokurorining sobiq oʻrinbosari Rasulov Ibrohim Asatovich tayinlandi.

Sergeli tumani prokurori etib Qashqadaryo viloyati prokurorining sobiq birinchi oʻrinbosari Fayziyev Sirojiddin Buriyevich, Mirobod tumani prokurori etib esa Namangan viloyati prokurorining sobiq oʻrinbosari Ahmadjanov Qobiljon Numonovich tayinlandi.