
Tadbirkor Ilon Mask AQShdagi bolalarga SpaceXʼning ikkitadan aksiyasini vaʼda qildi: birini kompaniya beradi, ikkinchisini esa u oʻz hisobidan toʻlaydi.

Amazon xodimlari va tarafdorlari 20 dan ortiq mamlakatda Qora juma va Kiber dushanbada ish tashlash va norozilik aksiyalarini rejalashtirmoqda. Kasaba uyushmalari muzokara va yaxshiroq sharoit talab qilmoqda.

HotelPro HUB Central Asia 2026 forumida 500 dan ortiq ishtirokchi investitsiyalar, mehmonxona loyihalari va xalqaro brendlar bilan hamkorlikni muhokama qildi.

Nyu-York gubernatori Keti Xokul avtomobilda allaqachon oʻrnatilgan uskunalar uchun obunalarga qarshi qonunni imzoladi. U 2027-yil 27-fevralda kuchga kiradi.

Qonunchilik palatasi maktabga bir yillik tayyorgarlikni majburiy umumiy oʻrta taʼlimga kiritish haqidagi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qilib, Senatga yubordi.

Volkswagen kompaniyasining qariyb 4,5 ming xodimi rahbariyat bilan muzokaralar oldidan Germaniyaning Emden shahrida namoyishga chiqdi.