Olimlar: Yerda navbatdagi muzlik davri, ehtimol, allaqachon boshlangan
Tadqiqotchilar Kanada Arktikasidagi Laurentiy muzlik qalqonining qoldigʻi taxminan 2 000 yil avval oʻsishni boshlaganini, biroq 1960-yillarga kelib isish bu jarayonni teskari tomonga oʻzgartirganini aniqladi.

Olimlar Kanadaning Nunavut hududidagi Baffin orolida joylashgan Barnes muz qalqini ostida saqlanib qolgan qadimgi oʻsimliklar yordamida muzlik tarixini tikladi. Bu yerda muz tub jinsga muzlab yopishgan va yer ustida siljimaydi, shu sababli oʻsimliklar oʻz joyida qoladi. Muz erishi oqibatida oʻsimliklar ochilib qola boshlagach, ularning yoshi radiokarbon usulida aniqlandi.
Tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, Laurentiy muzlik qalqami taxminan 3 000 yil avval eng kichik hajmiga yetgan. Taxminan 2 000 yil avval sovish uning qayta oʻsishini boshlab bergan. Tadqiqotchilar buni yangi muzlik davrining boshlanishi deb hisoblaydi. Iqlim modellari esa uning ehtimoliy boshlanishini ancha uzoq kelajakka taalluqli deb koʻrsatadi.
1960-yillarga kelib yozda muzning yoʻqolishi qishda qor hisobiga toʻldirilishidan oshib ketdi va Barnes muz qalqini qisqara boshladi. Olimlar bahosiga koʻra, isish muzlik davrining shakllanishini dastlabki bosqichidayoq toʻxtatgan. Bu qoldiq boʻlmaganida, Shimoliy Amerikadagi kelajakdagi muzlik sikllari boshqacha kechishi mumkin edi, biroq issiqxona gazlari konsentratsiyasi yuqori boʻlgan sharoitda yangi muzlash qachon boshlanishini hozircha aniqlab boʻlmaydi.



