Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yevro hududida korporativ kreditlash oktabr oyida 2023-yil aprelidan beri eng yuqori surʼatda oʻsdi

Yevro hududi banklari oktabr oyida moliyaviy boʻlmagan kompaniyalarga berilgan kreditlar portfelini yillik hisobda 4,5 foizga oshirib, rekord darajadagi 5,54 trln yevroga yetkazdi.

26-noyabr, 19:46По-русски

Read in English

Kevin Poh from Petaling Jaya, Malaysia / Wikimedia Commons

Bu 2023-yil aprelidan beri qayd etilgan eng tez oʻsish boʻldi, deya xabar bermoqda Yevropa Markaziy banki maʼlumotlari.

Valyuta blokida isteʼmol kreditlari hajmi 3,1 foizga oshdi — xuddi avvalgi oyda boʻlgani kabi. Trading Economics soʻrov oʻtkazgan tahlilchilar oʻrtacha hisobda oʻsish surʼati biroz tezlashib, 3,2 foizga yetishini kutgandi.

Yevro hududidagi pul massasining asosiy koʻrsatkichi boʻlgan M3 pul agregati oktabr oyida yillik hisobda 3,6 foizga oʻsib, 17,76 trln yevroni tashkil etdi. Sentabr oyida oʻsish 3,5 foiz boʻlgan, ekspertlar esa oktabrda ham surʼat shu darajada saqlanib qolishini kutgandi.