Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Senatorlar Xorazmga koʻproq sayyoh jalb etish yoʻlini tushuntirdi

Senatorlar Xorazm viloyati hokimiyatiga turizm infratuzilmasi, transport va tarixiy obyektlar boshqaruvini yaxshilashni topshirdi.

18-noyabr, 17:34По-русски

Read in English

Oliy Majlis Senati qoʻmitasi majlisida Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish va soha muammolarini bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Viloyatda sigʻimi 10 mingdan ortiq joy boʻlgan 358 ta joylashtirish vositasi faoliyat yuritmoqda. 2026-yil 1-noyabr holatiga koʻra, viloyatga 13,7 mln nafardan ortiq sayyoh kelgan. Hokimiyat infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport qatnovini kengaytirish, ekologik va ziyorat turizmini rivojlantirish loyihalarini ham amalga oshirmoqda.

Senatorlar tarixiy, madaniy va tabiiy obyektlarni yagona yoʻnalishlar tarmogʻiga birlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda turistik hududlarda milliy madaniyat va anʼanalarga bagʻishlangan tadbirlarni muntazam oʻtkazishni taklif qildi. Ularning baholashicha, bu mehmonlarning qolish muddatini uzaytirish imkonini beradi.

Dishan-Qalʼadagi tarixiy-madaniy merosning 50 dan ortiq obyekti ham muhokama qilindi. Senatorlar ularni asrashni tezlashtirish, yagona boshqaruv tizimini yaratish, obyektlarni turizmga faolroq jalb etish va ularni UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritish masalasini ishlab chiqishga chaqirdi.

Hokimiyatga Ichan-Qalʼadagi savdoni tartibga solish, xalqaro aviaqatnovlarni tashkil etishga koʻmaklashish va turistik hududlarda madaniy tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlash topshirildi. Qoʻmita topshiriqlar ijrosini parlament nazoratiga oldi.