Eron bilan urush AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini qanday oʻzgartirmoqda
Ekspertlarga koʻra, urush tugagach, AQSh Yaqin Sharqdagi kuchlarini qisqartirib, qayta joylashtirishi mumkin: bazalarning shikastlanishi amaldagi tizim zaifligini koʻrsatdi.

Urush AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga zarar yetkazib, joylashuvni qayta koʻrib chiqishga sabab boʻlishi mumkin. Mintaqada 50 000 gacha AQSh harbiy xizmatchisi va qariyb 19 ta yirik baza bor.
28-fevralda boshlangan Eron hujumlari yuzlab inshootlarni shikastladi. Center for Strategic and International Studies bahosiga koʻra, infratuzilmani tiklash $9,4 mlrdga tushishi mumkin. AQSh harbiy-dengiz qoʻmondonligi va Beshinchi flot joylashgan NSA Bahrain bazasiga jiddiy zarar yetdi; Congressional Research Service taʼmirni $400 mln dan ortiq deb baholadi.
Ekspertlar Vashington urushdan keyin barcha shikastlangan obyektlarni tiklaydi, deb kutmayapti. Ayrim obyektlar yer ostiga yoki Fors koʻrfazidan uzoqqa koʻchirilishi, yirik doimiy bazalar oʻrniga aerodromlar va vaqtinchalik maydonchalar tarmogʻidan foydalanilishi mumkin. Ammo uzoq masofali dron va raketalar rivojlanayotgani bois Erondan uzoqlashishning oʻzi toʻliq himoya bermaydi.
Harbiy ishtirokni qisqartirish bir necha AQSh maʼmuriyatining maqsadi boʻlgan, biroq yangi mojarolar bunga xalaqit berdi. Avgustda imzolangan Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston mudofaa kelishuvi mintaqadagi kuchlar joylashuviga taʼsir qilishi mumkin: ekspertlar bu kelishuv ushbu mamlakatlarning AQSh resurslariga qaramligini kamaytirishi mumkin, deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
