«MYu» Makkenni uchun €40 mln toʻlasa, Höybjerg «Yuventus»ga oʻtishi mumkin
«Yuventus» «Marsel»ning 31 yoshli futbolchisi Pyer-Emil Höybjergni sotib olmoqchi. Transfer «Manchester Yunayted» Ueston Makkenni uchun €40 mln taklif qilishi yoki qilmasligiga bogʻliq.

Pyer-Emil Höybjerg «Marsel»ni tark etib, «Yuventus»ga oʻtishi mumkin, biroq buning bitta sharti bor. Italiyaning Gazzetta dello Sport nashri yozishicha, «Yuventus» 31 yoshli daniyalik futbolchi bilan faqat yarim himoyada joy boʻshatganidan keyin shugʻullanishga tayyor. Klubga bu mablagʻni «Manchester Yunayted» olib kelishi kerak: Turin klubi inglizlardan Ueston Makkenni uchun 40 mln yevro kutmoqda.
Amerikalik futbolchining vaziyati noaniq. Makkennining oʻzi Italiyadan ketishni istamayapti va «Yuventus»da qolishni rejalashtirmoqda. Ammo Manchester klubida unga katta rejalar bor: jurnalistlar maʼlumotiga koʻra, yaqinda «MYu» bosh murabbiyiga aylangan Maurisio Pochettino 28 yoshli yarim himoyachini oʻz jamoasi uchun kerakli futbolchi deb hisoblaydi.
Har ikki nomzodning statistikasi deyarli bir xil. Makkenni mavsum boshidan buyon 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol va bir assist qayd etdi. Höybjerg ham shuncha uchrashuv oʻtkazib, bir gol urdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
