Lindsi Vonn oyogʻidagi toʻqqizinchi operatsiyasini boshdan kechirdi: oldingi xochsimon bogʻlam almashtirildi
Togʻ changʻisi boʻyicha Olimpiya chempioni, amerikalik Lindsi Vonn oyogʻidagi toʻqqizinchi operatsiyasini boshdan kechirdi.

Jarrohlar besh soatdan koʻproq vaqt ishladi: ular bitib ketgan suyakdagi barcha metall plastinalar va vintlarni olib tashladi, shuningdek, oldingi xochsimon bogʻlamni almashtirdi.
Vonn 2024/25-yilgi mavsumda besh yillik tanaffusdan soʻng katta sportga qaytdi. 2026-yilgi Olimpiya oʻyinlariga bir oy qolganida u xochsimon bogʻlamini uzib oldi, biroq shunga qaramay, oʻyinlarda qatnashishga qaror qildi. Tezlikka tushish bahsida sportchi katta tezlikda yiqildi va uni trassadan vertolyotda olib chiqishdi. Keyinroq uning katta boldir suyagi singani maʼlum boʻldi.
Birinchi toʻrtta operatsiya yiqilganidan soʻng darhol Trevizo shahridagi shifoxonada shoshilinch tarzda oʻtkazildi. Kompartment-sindrom tufayli shifokorlar oyogʻini amputatsiyadan saqlab qolishlari hamda boldir va toʻpiqdagi murakkab siniqni dastlabki barqarorlashtirish bilan shugʻullanishlariga toʻgʻri keldi. Bahor va yozda yana toʻrtta jarrohlik aralashuvi oʻtkazildi, ular davomida suyaklar yakuniy tarzda oʻz joyiga keltirilib, titan konstruksiyalar bilan mahkamlandi.
Vonn ijtimoiy tarmoqlarda operatsiya muvaffaqiyatli oʻtganini va uni allaqachon uyiga javob berishganini maʼlum qildi. Sportchi toʻliq tiklanishning soʻnggi bosqichiga chiqqanini aytib, shifokorlar, AQSh terma jamoasi va yaqinlariga qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
