«Manchester City» egasi xoldingiga 2 mlrd dollarlik kredit berilmadi
Apollo Global Management «Manchester City» 115 ta ayblovdan 114 tasi boʻyicha aybdor deb topilgach, City Football Groupʼga 2 mlrd dollarlik kredit berishdan bosh tortdi. Klub apellyatsiya berdi.

Apollo Global Management «Manchester City» ishi boʻyicha qaror haqidagi xabarlardan soʻng City Football Groupʼga 2 mlrd dollarlik kredit berishdan bosh tortdi. Muzokaralar yakuniy bosqichda edi, mablagʻlarni likvidlikni saqlash va amaldagi qarzlarni qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Xolding 2008-yildan beri klubga egalik qiladi. «Manchester City» Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlik haqidagi 115 ta ayblovdan 114 tasi boʻyicha aybdor deb topildi, shundan soʻng klub apellyatsiya berdi.
Oʻtgan oy klub egasi Mansur ibn Zaid Al Nahayyan City Football Groupʼga bevosita 100 mln funt sarmoya kiritdi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
