Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xiaomi noyabrda 33 ta qurilmaga HyperOS 4 chiqara boshlaydi

Xiaomi 2026-yil noyabr oyi boshida 33 ta qurilmaga HyperOS 4’ning barqaror versiyasini tarqatishni boshlashni rejalashtirmoqda. Umumiy jadval 82 ta smartfon va planshetni qamrab oladi.

5-noyabr, 18:12По-русски

Read in English

Xiaomi / 3dnews.ru

Boshlangʻich roʻyxatga Xiaomi 17, Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Ultra, Redmi Note 15 va Redmi Note 17’ning ayrim modellari, Poco F8 va Poco X8, Leica Leitzphone hamda Xiaomi Pad 8 planshetlari kiritilgan.

Noyabr oʻrtalaridan boshlab, kutilishicha, yana 16 ta qurilmaga yangilanishdan foydalanish imkoniyati beriladi. Ular orasida Xiaomi 15T va Xiaomi 15T Pro, Poco F7 va Poco F9, ayrim Poco X7 Pro modellari, Xiaomi Pad 7, Xiaomi Pad Mini va Redmi Pad 2 Pro bor.

Dekabrga 33 ta qurilmadan iborat navbatdagi partiya rejalashtirilgan. Unga Xiaomi MIX Flip, Xiaomi 14 va Xiaomi 13 turkumlari, Xiaomi 14T va Xiaomi 13T, Redmi Note 14, Poco smartfonlari, Xiaomi Pad 6S Pro 12.4 va Redmi Pad 2 kiritilgan.

Umuman olganda, Xiaomi Xiaomi, Redmi va Poco brendlariga mansub 67 ta smartfon va 15 ta planshetni yangilashni rejalashtirmoqda. Jadval hozircha dastlabki boʻlib, unga mintaqa, operator, muayyan model va ishlab chiqish jarayoni taʼsir qilishi mumkin. Aniq sanalar hali eʼlon qilinmagan, kompaniya dekabrdan keyingi davr rejalari haqida maʼlumot bermagan.