Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Poco X8s Yevropada sotuvga chiqdi — narxi qancha

Poco X8s Yevropada Germaniyadan boshlab sotuvga chiqdi. Xiaomi 23-noyabrgacha 8/256 GB va 12/512 GB versiyalarini €429,90 va €519,90 gacha arzonlashtirdi.

11-noyabr, 18:39По-русски

Read in English

gsmarena.com

Yevropadagi savdolarning birinchi mamlakati Germaniyada Poco X8s Xiaomiʼning rasmiy doʻkonida paydo boʻldi. Model oktabr oxirida taqdim etilgan. Aksiya narxlari 23-noyabrgacha amal qiladi: 8 GB tezkor xotira va 256 GB doimiy xotiraga ega versiya rasmiy €529,90 narx oʻrniga €429,90, 12/512 GB varianti esa €629,90 oʻrniga €519,90 turadi. Smartfon Amazonʼda ham mavjud, biroq u yerda narx biroz yuqoriroq.

Poco X8s 1220×2656 piksel aniqlikdagi, 6,35 dyuymli LTPO AMOLED displey bilan jihozlangan. Unda 1 dan 120 Gtsgacha moslashuvchan yangilanish chastotasi va 3 500 nit maksimal yorqinlik mavjud. Unumdorlikni Snapdragon 7 Gen 4 taʼminlaydi, tezkor xotira hajmi 12 GB gacha, doimiy xotira hajmi esa 512 GB gacha yetadi.

50 MP asosiy kamera optik tasvirni barqarorlashtirish tizimiga, 50 MP telefoto kamera esa 2,5× optik zumga ega. Shuningdek, 8 MP ultra keng burchakli va 20 MP old kameralar oʻrnatilgan. Poco X8s X seriyasida telefoto kameraga ega boʻlgan birinchi smartfon boʻldi — bunday kamera hatto X8 Pro va X8 Pro Maxʼda ham yoʻq.

Smartfon 6 330 mA·soat sigʻimli kremniy-uglerodli batareya bilan jihozlangan. U 100 Vt quvvatli simli zaryadlash va 22,5 Vt quvvatli teskari simli zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilma IP68 himoyasiga, alyuminiy romga, ekranga oʻrnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneriga, stereo dinamiklarga, NFC va infraqizil portga ega. Model oq, koʻk va qora ranglarda ishlab chiqariladi. Zaryadlovchi qurilma Yevropa toʻplamiga kirmaydi.