GitHub GTA 6’ni kompyuterda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirib tashladi
GTA 6 chiqishi fonida GitHub 58 000 ta «yulduz» toʻplagan AnyPS5 repozitoriyasini tilga oldi va oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonunni buzish-buzmasligini soʻradi. Post oʻchirib tashlandi.

Microsoftga tegishli platforma avval obunachilarni GTA 6 chiqqani va AnyPS5 repozitoriyasi 58 000 ta «yulduz»ga yetgani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga koʻchirish qonuniymi, degan savol ham berildi.
Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik haqidagi xabari aks etgan video ham biriktirilgan. Shu sababli nashr oʻyinni kompyuterda norasmiy tarzda ishga tushirishga boʻlgan urinishlarni ragʻbatlantirayotgandek koʻrinishi mumkin edi. Hozirda GTA 6 rasman faqat PS5 hamda Xbox Series X va S uchun mavjud.
Take-Two oʻyinni kompyuterga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq uy sharoitida ishlab chiqilgan loyihalarni GitHubʼdan olib tashlatishga erishish uchun harakat qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizdirilgan yigʻilmaning ehtimoliy rekonstruksiyasi va emulyatsiyasini kuzatmoqda.
Take-Two rahbari Shtraus Zelnik avvalroq kompaniya sunʼiy intellekt yordamida amalga oshiriladigan reverse engineeringga qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiy muammoga aylanishi mumkin, biroq kompaniya vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
