Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

ATP yakuniy turniri — 2026: 19 noyabr yakunlari

19 noyabr kuni Turinda ATP yakuniy turnirining guruh bosqichidan navbatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu kuni Jon MakEnro guruhidagi tennischilar kortga chiqdi va ikkala bahs ham ikki setda yakunlandi.

20-noyabr, 11:11По-русски

Read in English

championat.com

AQSH vakili, uchinchi raqam ostida saralangan Ben Shelton sakkizinchi raqam ostida saralangan ispaniyalik Rafael Xodarni magʻlub etdi. Har ikki set murosasiz kechdi: amerikalik tennischi birinchi setda tay-breykda 10:8 hisobida, ikkinchisida esa 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.

Turnirning birinchi raqamli tennischisi Aleksandr Zverev ham gʻalaba qozondi, biroq bu uchrashuv unga koʻp kuch talab qildi. Oltinchi raqam ostida saralangan fransiyalik Artur Fis nemis tennischisiga qarshi birinchi setni 4:6 hisobida boy berdi, ikkinchi setda esa tay-breykka yetib bordi va unda 6:8 hisobida yutqazdi.

ATP yakuniy turniri — 2026. Turin, Italiya. Guruh bosqichi, 19 noyabr:

Ben Shelton (AQSH, 3) — Rafael Xodar (Ispaniya, 8) — 7:6 (10:8), 7:5 Aleksandr Zverev (Germaniya, 1) — Artur Fis (Fransiya, 6) — 6:4, 7:6 (8:6)

Turnir 15 noyabrdan 22 noyabrgacha davom etadi. Oʻtgan yilgi gʻolib Yannik Sinner bu safar Turinga kelmadi: italiyalik tennischi mavsumni muddatidan oldin yakunladi. Ivan Lendl guruhidan Daniil Medvedev, Karlos Alkaras, Fransis Tiafo va Flavio Kobolli joy oldi. Jon MakEnro guruhida Zverev, Xodar, Shelton va Fis oʻynaydi.