Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Rockstar GTA 6 uchun PS5 Proʻda 60 kadr/soniya rejimini qoʻshmaydi

Rockstar Games GTA 6 PS5, PS5 Pro va Xbox Seriesʼda soniyasiga 30 kadrda ishlashini tasdiqladi. Joriy konsollar uchun 60 va 40 kadrli rejimlar rejalashtirilmagan.

19-noyabr, 13:18По-русски

Read in English

ign.com

Rockstar Gamesʼning texnologiyalar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik direktori Mark Chambers PS5 Pro protsessori bazaviy PS5 protsessoridan atigi biroz kuchliroq ekanini va oʻyin murakkab simulyatsiyasini yuqoriroq kadrlar chastotasida bajara olmasligini tushuntirdi.

Shu bilan birga, PS5 Pro versiyasi grafik yaxshilanishlarga ega boʻladi. Oʻyinda nurlarni kuzatish texnologiyasi asosidagi aks ettirishlar va global yoritish qoʻllanadi, kuchliroq konsolda esa ularga soyalar uchun nurlarni kuzatish texnologiyasi qoʻshiladi. PlayStation Spectral Super Resolution texnologiyasi tasvir aniqligini oshirishi, yangilangan grafik protsessor va masshtablash esa vizual detallashtirishni yaxshilashi kerak.

Rockstar Games hamrahboshqaruvchisi va ishlab chiqish rahbari Rob Nelsonning soʻzlariga koʻra, 60 kadrga oʻtish juda katta oʻzgarishlar va murosalarni talab qilgan boʻlardi. 30 kadr/soniya cheklovi PS5, PS5 Pro, Xbox Series X va Xbox Series Sʼga taalluqli.