Iqlim diplomatiyasi boshi berk koʻchaga kirdi: Antaliyadagi COP muvaffaqiyatsizligi nimani koʻrsatdi
Yakshanba kuni Turkiyaning Antaliya shahrida COP31 ishtirokchilari pakt boʻyicha kelisha olmadi: loyiha matnidan qazilma yoqilgʻisidan voz kechish haqidagi bevosita majburiyat olib tashlandi.

Antaliyada Antalya Pact loyihasi qabul qilinmadi, holbuki Dubayda oʻtkazilgan COP28 doirasida mamlakatlar qazilma yoqilgʻisidan bosqichma-bosqich voz kechishga kelishib olgan edi. Avstraliya vaziri Kris Bouen muzokaralarning siyosiy muhitini oʻz faoliyati davomidagi eng murakkab vaziyat deb atadi, COP31 rahbari Murot Kurum esa ayrim iboralar tufayli muzokaralar barbod boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.
Hujjatga ommaviy ravishda asosan neft qazib oluvchi davlatlar qarshi chiqdi. Saudiya Arabistoni muzokarachisi Muhammad Ayyub Arab davlatlari ligasining 22 mamlakati nomidan bayonot berib, bu mamlakatlar tarixiy chiqindilarning 2 foizidan kamrogʻiga sabab boʻlganini aytdi. Rossiya vakili Sergey Kononuchenko esa talab pasayishidan oldin neft va gaz yetkazib berishni qisqartirish taqchillik, narxlar oshishi va energetik qashshoqlikka olib kelishidan ogohlantirdi.
Qariyb 130 ta hukumat — uchrashuv ishtirokchilarining taxminan uchdan ikki qismi — qazilma yoqilgʻisidan voz kechish aniq tilga olinishini talab qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, iqlimni moliyalashtirishni koʻpaytirishni talab qildi va grantlardan koʻra kreditlarning ustunligiga tanqidiy munosabat bildirdi. Shunga qaramay, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan boʻlsa-da, quyosh energetikasi, akkumulyatorlar va elektromobillarga oʻtish davom etmoqda.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
