Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

GTA 6 prologi PCʼda allaqachon ishga tushmoqda — noshir fan-portlarni faol bloklamoqda

Entuziastlar sizdirilgan builddan soʻng GTA 6 prologini PCʼda ishga tushirib, oʻtishdi, ammo oʻyin 2–3 FPS tezlikda ishlamoqda. Take-Two GitHubʼdagi fan-loyihalarni bloklamoqda.

25-noyabr, 17:02По-русски

Read in English

championat.com

PC uchun GTA 6 portlari Cyberleek guruhi 20 noyabr kuni 2026-yil noyabridagi Xbox Series oʻyin buildini eʼlon qilganidan soʻng paydo boʻldi. Keyin oʻyinni ishga tushirish uchun zarur exe-fayl internetga chiqdi. Besh kundan soʻng entuziastlar oʻyinni ishga tushirish, menyudagi sozlamalarni oʻzgartirish va prologdan oʻtish imkoniga ega boʻldi.

Portwatch sayti ochiq kodli yuzlab loyihani kuzatib boradi. Hozir ularda grafik artefaktlar saqlanib qolmoqda, obyektlar sekin yuklanmoqda, unumdorlik esa 2–3 FPSni tashkil etmoqda. Qayta kompilyatsiya mualliflari tasvir sifatini Xbox Series darajasiga yetkazish, aniq teksturalar, nurlarni kuzatishga asoslangan global yoritish va ishlaydigan shaderlarni qoʻshishni rejalashtirmoqda. Shundan soʻng ular kodni optimallashtirish va moslashtirishga kirishmoqchi.

Bu rejalarga Take-Two yuristlari xalaqit berishi mumkin: noshir GitHubʼdagi fan-portlar yuzasidan shikoyatlar yubormoqda va sud daʼvolari bilan tahdid qilmoqda. Biroq loyihalar shu qadar koʻpki, kompaniya ularning har biriga shikoyat yuborishga ulgurmayapti. GTA 6’ning rasmiy relizi 19 noyabr kuni PS5 va Xbox Seriesʼda boʻlib oʻtdi. Avvalroq OAV PC versiyasi 2027-yil 31-martgacha chiqishi haqida xabar bergan edi.