vivo X500s haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi
Kutilayotgan vivo X500s, ehtimol, Dimensity 9-seriyali chipi, 7 100 mA·soatdan katta batareya va 64 MP periskop kameraga ega boʻladi.
13-noyabr, 19:26По-русски

gsmarena.com
Taxminlarga koʻra, vivoʻning S seriyasidagi kutilayotgan flagmani — X500s — Dimensity 9-seriyali chipsetiga ega boʻlishi mumkin. Shuningdek, smartfon avvalgi vivo X300s modelidagi 7 100 mA·soatlik batareyadan kattaroq sigʻimli akkumulyator bilan jihozlanishi aytilmoqda.
Qurilma uchun avval 2K aniqlikdagi, 144 Gts yangilanish chastotasiga ega 6,85 dyuymli LTPO displey tilga olingan. Bundan tashqari, daʼvo qilinishicha, X500s 64 MP periskop telefoto kamerasi bilan jihozlanadi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
