Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari rekord darajadagi 257 ta medalni qoʻlga kiritdi

2026 yilda Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 257 ta medalni qoʻlga kiritdi — bu rekord natija, deya xabar berdi tegishli vazirlik.

20-noyabr, 13:01По-русски

Read in English

gov.uz

Ushbu medallarning 44 tasi oltin, 93 tasi kumush va 120 tasi bronza.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston yil davomida oʻz hududida sakkizta xalqaro fan olimpiadasini oʻtkazdi. Ularning eng yiriklari Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) va Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) boʻldi: har biriga 90 dan ortiq mamlakatdan ishtirokchilar keldi.

Olimpiada sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi, buning uchun davlat 17 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiradi.

Taqdirlash marosimi 21 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlib oʻtadi.