Buxoro neftni qayta ishlash zavodi neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ikki baravardan koʻproqqa oshirmoqchi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yillik neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,1 mln tonnadan 4,6 mln tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Korxonani modernizatsiya qilish rejalari 12 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Modernizatsiya ikki loyihadan iborat. Birinchi loyiha qiymati $328 mln. U yiliga 1,1 mln tonna hajmda Yevro-5 standartidagi AI-92 va AI-95 benzinlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Yoqilgʻi qoʻshimchalarini import qilishdan voz kechish zavodga har yili $150 mln gacha mablagʻ tejash imkonini beradi, shuningdek, 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Ishlab chiqarish 2029 yilning ikkinchi choragida yoʻlga qoʻyiladi.
Ikkinchi loyiha qiymati $1,8 mlrdga baholanmoqda, qurilish ishlari 2028 yilda boshlanadi. U yakunlangach, zavod 2,7 mln tonna benzin, 1,24 mln tonna dizel yoqilgʻisi va 500 ming tonna aviakerosin ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, korxona benzol va boshqa neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtiradi. Zavod texnologik hamkor sifatida Xitoy, Fransiya, AQSh va Ozarbayjon kompaniyalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
2026 yilning toʻqqiz oyida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qariyb 1,5 mln tonna neft mahsulotlari ishlab chiqardi va 2,2 trln soʻm sof foyda oldi.
Yana oʻqing

Tramp va Ryutte Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron masalasini muhokama qildi
Siyosat26-noyabr, 19:44
Bryusseldagi navbatdan tashqari YI sammitida budjet va Ukrainani moliyalashtirish koʻriladi
Siyosat26-noyabr, 12:05
