Rossiyaga qarshi 2:3 hisobidan soʻng Kannavaro: «Biz gʻalabaga juda erta ishondik, 98 daqiqa davomida oʻynash kerak»
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyadan uchralgan magʻlubiyatdan (2:3) soʻng jamoasi oʻyiniga baho berdi.

Italiyalik mutaxassis shogirdlari uchrashuvni munosib oʻtkazgan deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, ular gʻalabaga vaqtidan oldin ishongani uchun magʻlub boʻlgan.
«Bugun yaxshi oʻynadik. Muammo shundaki, oʻyin tugashidan oldin gʻalaba haqida oʻylab qoʻydik. Bu biz uchun yaxshi saboq: final hushtagi chalinmaguncha, uchrashuv tugamaydi. 95–98 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak. Baʼzan futbol juda yomon boʻladi», — dedi Kannavaro.
Murabbiy jamoa taktikasini ham tushuntirdi. Uning fikricha, yuqori pressing tavakkal bilan bogʻliq, chunki himoyachilar yakkama-yakka oʻynashiga toʻgʻri keladi. Shu sababli terma jamoa baʼzan himoya chizigʻini yuqoriroq koʻtaradi.
Kannavarodan yana qaysi biri qiyinroq ekani — Italiya terma jamoasi sardori boʻlishmi yoki murabbiylik qilishmi — deb soʻrashdi. U ikkilanmay murabbiylikni tanladi. «Albatta, murabbiy boʻlish. Jamoaga bogʻliq boʻlasan. Koʻplab jihatlarni nazorat qilishga toʻgʻri keladi, ammo oxir-oqibat hammasini futbolchilarning qanday oʻynashi hal qiladi», — deb javob berdi u.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
