Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Chexiya rossiyalik xokkeychilarga jahon chempionatiga borish uchun viza berishdan bosh tortdi

Chexiya rossiyalik xokkeychilarga jahon chempionatiga borish uchun viza bermaydi va ular boshqa davlatlarning Shengen vizalariga ega boʻlsa ham, mamlakatga kiritilmaydi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Lubomir Metnar maʼlum qildi.

19-noyabr, 12:16По-русски

Read in English

denikn.cz

18 noyabr kuni Chexiyada Chexiya xokkey assotsiatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralardan soʻng Ichki ishlar vaziri Lubomir Metnar rossiyalik sportchilar jahon chempionatiga kela olmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ularga viza berilishini amalda taqiqlaydi.

Cheklov Shengen hududining boshqa davlatlari vizalariga ega sportchilarga ham taalluqli boʻladi. Chexiya tashqi ishlar vaziri Petr Matsinka bu haqda hamkorlarni allaqachon xabardor qilgan, Isroilda boʻlib turgan sport vaziri Boris Shtyastniy ham bundan xabardor qilinadi.

Chexiya xokkey assotsiatsiyasi bosh kotibi Yan Cherni Ichki ishlar vazirligi bilan kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Assotsiatsiya Chexiya hukumati rossiyalik sportchilarga viza berishdan bosh tortgani haqida Xalqaro xokkey federatsiyasiga xabar beradi. Chernining soʻzlariga koʻra, tashkilotchilar uchun chempionatni Chexiyada xavfsiz oʻtkazish muhim.