Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi
Mukofot uchun Lionel Messi, Lamine Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usmon Dembele boʻlgan.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp «PSJ» tilga olingan: Parij klubidan sakkiz nafar nomzod bor — Usmon Dembele, Desire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.
«Barselona»dan toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamine Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — taqdim etadi. «Arsenal»ning yana uch nafar nomzodi bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikki nafardan nomzod bilan qatnashadi. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslayi va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
