Chexiya Devis kubogi-2026 yarim finaliga yoʻl oldi
Chexiya Bolonyadagi Devis kubogi-2026 chorak finalida Kanadani 2:0 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda Italiya yoki Janubiy Koreya bilan oʻynaydi.
25-noyabr, 11:30По-русски

championat.com
Chexiya ikki yakkalik uchrashuvidan keyin gʻalabani taʼminladi. Tomash Mahach Liam Draslni 6:2, 3:6, 6:2 hisobida, Jiri Legechka esa Feliks Oje-Alyassimni 7:6 (7:4), 6:2 hisobida magʻlub etdi. Shundan soʻng juftliklar uchrashuvi bekor qilindi.
Yarim finalda Chexiya jamoasi Italiya — Janubiy Koreya uchrashuvi gʻolibiga qarshi oʻynaydi. Devis kubogi-2026ning final bosqichi 24–29 noyabr kunlari Bolonyada oʻtkazilmoqda. Turnirning amaldagi gʻolibi — Italiya terma jamoasi.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
