Forbes: GTA 6 relizi internetga aynan hamma narsa haddan tashqari yuklangan paytda bosimni oshiradi
Ayrim provayderlar tarmoqdagi sekinlashuvni hajmi 212 GB boʻlgan GTA 6 oʻyinini oldindan yuklash bilan bogʻladi. 19-noyabrdagi relizidan oldin oʻyin yaqinda yuz bergan xizmatlar muammolari fonida yangi uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Rockstar oʻyinni 10-noyabrda oldindan yuklash imkoniyatini ochdi, shundan keyin ayrim provayderlar trafikning misli koʻrilmagan darajadagi choʻqqilari kuzatilganini maʼlum qildi. Ularning baholashicha, yuklama nafaqat oʻyinchilarga, balki boshqa mijozlarga ham taʼsir koʻrsatgan.
Studiya Rockstar, PlayStation va Xbox serverlarining bir vaqtning oʻzida haddan tashqari yuklanishi xavfini kamaytirish uchun bir nechta yangilanishni bosqichma-bosqich chiqardi. Internet-provayderlardan biri, shuningdek, aynan GTA 6 uchun yuklab olish tezligini oshirishini eʼlon qildi. Jismoniy nusxa egalariga ham oʻyinni Rockstar serverlaridan yuklab olishga toʻgʻri keladi.
Bu fonda noyabr oyi boshida boshqa raqamli xizmatlarda ham muammolar yuzaga kelgandi. Tarmoq uskunalaridagi nosozliklar sabab aviaqatnovlar toʻxtab qoldi, Microsoft mahsulotlaridan qariyb bir sutka davomida foydalanib boʻlmadi, Chase mijozlari va Zelle foydalanuvchilari esa akkauntlariga kira olmadi. Keyinroq iCloud, AppleCare, App Store va Apple Music xizmatlarida ham uzilishlar boʻlgani haqida xabar berildi. Bu hodisalarning sabablari bir-biridan farq qiladi, kiberhujumlar boʻlganini tasdiqlovchi maʼlumotlar esa yoʻq.
Infratuzilma kompaniyasining bosh direktori Kris Bivers yaqin oylarda hayotiy muhim tarmoqlardagi uzilishlar yanada koʻzga tashlanishi mumkin, deb hisoblaydi: eskirgan va yangilanayotgan tizimlarga tushayotgan yuklama tobora ortmoqda.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
