Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

19 yoshli Kuper Flegg NBA mavsumida noyob statistik natijaga erishdi

“Dallas Mavericks” forvardi Kuper Flegg ochko, ribaund, golli uzatma va toʻp olib qoʻyishlar boʻyicha jamoasida yetakchilik qilgan yagona NBA oʻyinchisiga aylandi.

26-noyabr, 15:20По-русски

Read in English

championat.com

25 noyabrga oʻtar kechasi “Dallas Mavericks” NBA Kubogining guruh bosqichida “Denver Nuggets”ni 120:101 hisobida magʻlub etdi. Flegg 24 ochko, olti ribaund va 12 golli uzatma qayd etib, bu koʻrsatkich boʻyicha shaxsiy rekordini takrorladi.

24 noyabr holatiga koʻra, 19 yoshli basketbolchi ochko, ribaund, golli uzatma va toʻp olib qoʻyishlar boʻyicha jamoasida bir vaqtning oʻzida toʻrtta jami statistik koʻrsatkichda yetakchilik qilgan ligadagi yagona oʻyinchi boʻlib qolayotgan edi. Flegg 2025-yilgi NBA draftida “Dallas Mavericks” tomonidan birinchi raqam bilan tanlangan, keyin esa 2025/2026-yilgi mavsumning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topilgan.