Badavlat yevropaliklar muqobil aktivlarni AIga sarmoya yoʻli deb biladi
Goldman Sachs Alternatives soʻroviga koʻra, Yevropadagi badavlat investorlarning 47 foizi muqobil aktivlarni AI va kelajak texnologiyalariga sarmoya kiritishning eng yaxshi yoʻli deb biladi. AQShda bu 24%.

Tadqiqotda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Shveysariyadan investitsiya qilish uchun mahalliy valyutada kamida 1 mln qiymatdagi aktivlarga ega 1 000 investor qatnashdi. Muqobil investitsiyalarga, jumladan, private equity, koʻchmas mulk va infratuzilma loyihalari kiradi.
Bu segmentga allaqachon sarmoya kiritayotgan yevropaliklar orasida private equity va xususiy koʻchmas mulk eng keng tarqalgan. Bunday aktivlarga ega boʻlmagan ishtirokchilarning har toʻrtinchisi kelgusi 12 oyda ularga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi. Hozirgi investorlar orasida muqobil aktivlar ulushini oshirmoqchi boʻlganlar uni qisqartirmoqchi boʻlganlarga qaraganda ancha koʻp.
Yevropalik respondentlarning aksariyati bunday investitsiyalar natijalarini kutilganidek yoki kutilganidan yuqori deb baholadi. Biroq muqobil aktivlar xatarlarni ham oʻz ichiga oladi: private equity kapitalni uzoq vaqtga bloklab qoʻyishi mumkin, private credit bozori esa moliya sektori ishtirokchilari xavotir bildirgan bozorga aylandi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
