Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Mayk Barrell va Oʻzbekiston tennis federatsiyasi memorandum imzoladi

Xalqaro mutaxassis Mayk Barrell va Oʻzbekiston tennis federatsiyasi tennisni, jumladan, yosh tennischilar va murabbiylarni tayyorlashni rivojlantirishga kelishib oldi.

13-noyabr, 15:15По-русски

Read in English

Hujjat imzolanishidan oldin Barrell federatsiya raisi Batyr Rahimov bilan uchrashdi. Ular bolalar va oʻsmirlar tennisini, yosh sportchilarni tayyorlash hamda murabbiylar malakasini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro tajriba almashish, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va ularni amalga oshirish boʻyicha ish boshlashga kelishib oldi. Memorandum tennis sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish niyatini mustahkamladi.