XKSga stansiya tashqarisida ishlash uchun «Teledroid» roboti yuborildi
Kosmonavtlarga stansiyaning tashqi yuzasida ishlashda yordam beradigan «Teledroid» roboti ortilgan «Progress MS-36» yuk kemasi XKS tomon yoʻl oldi.
25-noyabr, 15:45По-русски

«Soyuz-2.1b» raketasi 24 noyabr kuni Baykonurdan uchirildi, kema bilan tutashuv 26 noyabrga rejalashtirilgan.
«Teledroid» ikkita manipulyator va mashinaviy koʻrish tizimi bilan jihozlangan. Uni ekzoskelet yordamida boshqarish yoki unga ayrim avtonom vazifalarni topshirish mumkin. Kema bortida, shuningdek, XKS va ilmiy tajribalar uchun qariyb 2,5 tonna zaxira va uskuna ham bor.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
