Angliya Ispaniyaning rekord darajadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻydi
Angliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining yakuniy turida Ispaniyani 3:2 hisobida magʻlub etib, uning 43 uchrashuvdan iborat magʻlubiyatsiz seriyasini toʻxtatdi.
16-noyabr, 12:05По-русски

Angliyaliklar uchta gol urdi, ispanlar esa bunga ikkita gol bilan javob qaytardi. Bu uchrashuv Ispaniyaning 12 uchrashuvlik gʻalabali seriyasiga ham yakun yasadi.
Ispaniya terma jamoasi rasmiy uchrashuvning asosiy vaqtida oxirgi marta 2023-yil mart oyida Shotlandiyaga 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
