Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

KXHT mamlakatlari yetakchilari Moskvadagi sammitda Armanistonni ovoz berish huquqidan mahrum qildi

Tashkilot nizomiga koʻra, davlat KXHT byudjeti oldidagi qarzini ikki yil davomida toʻlamasa, bunday choralar qoʻllanadi.

12-noyabr, 12:16По-русски

Read in English

Moskvada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXHT) Kollektiv xavfsizlik kengashi tashkilot nizomining 25-moddasini Armanistonga nisbatan qoʻllash haqidagi qarorni tasdiqladi. Hujjat mamlakatning kvota boʻyicha lavozimlarga oʻz fuqarolarini nomzod qilib koʻrsatish huquqini toʻxtatadi va uni ovoz berish huquqidan mahrum qiladi.

Armaniston toʻplanib qolgan qarzini toʻliq toʻlaganidan keyin oʻz vakolatlarini tiklashi mumkin.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qaror qabul qilinganini tasdiqladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan avvalroq mamlakatning tashkilotdagi aʼzoligini muzlatish niyatida ekanini bir necha bor aytgan. Armaniston KXHT umumiy byudjetiga badallarni oʻtkazishni toʻxtatdi, biroq blokdan chiqishning rasmiy tartibini boshlamadi.