Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Ekspert: isteʼdodlar «sunʼiy intellekt qulaganda» kriptoga qaytadi

Maelstrom Fund investitsiyalar boʻyicha direktori Artur Heys startap asoschilari sunʼiy intellekt bozori qulaganidan soʻng kripto sanoatiga qaytadi, deb hisoblaydi. U 2027-yilning ikkinchi yarmida sohaga bosim kuchayishini kutmoqda.

25-noyabr, 12:23По-русски

Read in English

cnbc.com

Heys 2027-yilning ikkinchi yarmida sunʼiy intellekt bozoriga jiddiy bosim tushishini kutmoqda: Anthropic kompaniyasining hisoblash resurslari va infratuzilmaga oid majburiyatlari 2030-yil oxirigacha 451,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu summaning qariyb 70,7 mlrd dollari 2027-yil sentyabr oxirigacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.

Heysning fikricha, yetakchi laboratoriyalarning hisoblash quvvatlariga xarajatlari oshishi va boshqa bekor qilib boʻlmaydigan majburiyatlar ayrim asoschilarni sunʼiy intellekt sohasidan kripto sanoatiga qaytarishi mumkin. Uning hisoblashicha, ularning baʼzilari vaqt oʻtishi bilan mahsulotlari Anthropic yoki OpenAI yechimlari bilan almashtirilishini ham anglab yetishi mumkin.

Bundan tashqari, Heys Nasdaq pasayishi davom etsa, bitcoin narxi 50 000 dollargacha tushishi mumkinligini istisno etmaydi. Uning fikricha, indeks pasayayotgan bir paytda kriptovalyutaning barqaror oʻsishi bozor sotuvlar bosqichidan likvidlik oʻsishi ssenariysiga oʻtayotganidan dalolat berishi mumkin. Bunday holatda Heys Zcash va Ethena platformasining ENA tokenini kuzatmoqchi.