Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Mirziyoyev 23–24 noyabr kunlari Iordaniyaga davlat tashrifi bilan boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qirol Abdulla II ibn al-Husayn taklifiga binoan 23–24 noyabr kunlari Iordaniyaga boradi.

23-noyabr, 15:40По-русски

Read in English

Ammanda 23–24 noyabr kunlari ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar hamda biznes-forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Toʻqimachilik, konchilik va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi hamda farmatsevtikaga alohida eʼtibor qaratiladi.

Kun tartibidan madaniy-gumanitar aloqalar va turizm sohasidagi almashinuvlar ham oʻrin oladi. Tashrif yakunida qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.