«Mumkin boʻlgan muhabbat» onlayn namoyish etildi. Koreys dramasini allaqachon «Parazitlar» bilan bir qatorga qoʻyishmoqda
Janubiy Koreyaning «Mumkin boʻlgan muhabbat» dramasi raqamli formatda namoyish etila boshlandi. Tanqidchilar filmni yuksak baholamoqda: Metacriticʼda 100 balldan 96 ball, Rotten Tomatoesʼda 100 foiz «fresh» koʻrsatkichi va IMDbʼda 8,1 ball. Janubiy Koreya filmni allaqachon «Oskar» uchun oʻz nomzodi sifatida tanladi.

Voqealar zavoddagi shtat qisqartirishlaridan boshlanadi — buning oqibatida butun bir oila ishsiz qoladi. Badavlat hujjatli film rejissyori ular haqida film suratga olishga qaror qiladi va asta-sekin shu oiladagi ayollardan biri bilan yaqinlashadi. Ular bir-biriga qanchalik yaqinlashsa, hayotlarini ajratib turadigan jarlikni shunchalik aniqroq koʻra boshlaydi.
Koʻpchilik bu kartinani yilning eng asosiy filmi deb atamoqda. Tanqidchilarning fikricha, Sol Kyung-gu va Jeon Do-yeon bu filmda faoliyatidagi eng yaxshi rollarini ijro etgan. Operatorlik ishi hamda ishchi oilasining turmushi hech qanday bezaklarsiz, rostgoʻy koʻrsatilgani alohida maqtalmoqda.



