Oʻzbekiston Weir Minerals bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini koʻrib chiqdi
Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, soha korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralarda vazirning birinchi oʻrinbosari F. Hamidova, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Timoti Smart hamda Weir Minerals kompaniyasining mintaqaviy boshqaruv direktori Rajen Govender kompaniya vakillari bilan birga ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mamlakat togʻ-kon sektorining istiqbollari, investitsiya rejalari va xorijiy hamkorlarni jalb etish masalalari haqida gaplashdi. Weir Minerals kompaniyasining Oʻzbekistondagi togʻ-kon korxonalari bilan hamkorligi ham alohida muhokama qilindi. Suhbat yangi texnologiyalarni joriy etish, unumdorlik va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, innovatsion yechimlar ishlab chiqarish jarayonlarini qanday qilib yanada barqaror qilishini muhokama qildi va kelgusidagi qoʻshma ishlarning ehtimoliy yoʻnalishlarini belgilab oldi.



