SpaceX bir oy ichida AQShning Starshield razvedka sunʼiy yoʻldoshlari toʻrtinchi guruhini orbitaga chiqardi
Seshanba, 24-noyabr kuni SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi AQSh Kosmik kuchlari uchun navbatdagi guruh Amerika harbiy sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqdi.

Bu haqda Space Launch Now ixtisoslashgan resursi xabar berdi. Raketa Kaliforniyadagi Vandenberg Kosmik kuchlari bazasidan uchirildi.
USSF-266 missiyasi yukiga oid maʼlumotlar maxfiy. Amerikalik ekspertlar orbitaga Starshield tizimi apparatlari chiqarilgan deb hisoblamoqda. Bu tizim fuqarolik internet tarmogʻi Starlink asosida qurilmoqda. Starshield sunʼiy yoʻldoshlari nishonlarni kuzatish, optik va radioelektron razvedka olib borish, raketa uchirilishi haqida erta ogohlantirish hamda himoyalangan aloqa uchun moʻljallangan. Tizimdan AQSh qurolli kuchlari, shuningdek, Vashington uning maʼlumotlariga kirish imkonini bergan ittifoqchilari va hamkorlari foydalanadi.
Bu noyabr oyi boshidan beri amalga oshirilgan toʻrtinchi shunday uchirishdir. SpaceX maʼlumotlariga koʻra, USSF-266 missiyasigacha USSF-432, USSF-627 va USSF-317 missiyalari doirasida sunʼiy yoʻldoshlar guruhlari orbitaga chiqarilgan.
AQSh harbiylari Starshield guruhiga nechta sunʼiy yoʻldosh kirishini oshkor qilmayapti. Ekspertlar bahosiga koʻra, ularning soni bir necha yuzta.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
