Mbappe 28 yoshga toʻlmasidan Chempionlar ligasida 75 ta gol urgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvida Madridning «Real» klubi PSVni 5:1 hisobida yirik magʻlubiyatga uchratdi. Kilian Mbappe dubl qayd etdi: u 64- va 84-daqiqalarda gol urdi.
25-noyabr, 11:24По-русски

championat.com
Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi golli uzatmani ham amalga oshirdi.
Endilikda Mbappening Chempionlar ligasidagi gollari soni 76 taga yetdi va u turnir tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida beshinchi oʻringa koʻtarildi. Uning oldinda faqat Karim Benzema (90), Robert Levandovski (109), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldu (140) bormoqda.
Yana bir yutuq: Mbappe 28 yoshga toʻlmasidan Chempionlar ligasidagi 75-golini urdi. Bu yoshga qadar bunday marrani faqat bir futbolchi — Lionel Messi zabt etgan.
Yana oʻqing

«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida
Sport26-noyabr, 19:34
Boston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi
Sport26-noyabr, 19:33
