Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Granollers va Ceballos ATP yakuniy turniri bahsida Bolelli va Vavassorini magʻlub etdi

Ispaniya-Argentina juftligi Turindagi turnirning guruh bosqichida italiyalik duetni 6:4, 6:4 hisobida yutdi.

17-noyabr, 15:07По-русски

Read in English

tennistv.com

Juftlikka gʻalaba qozonish uchun 1 soat 18 daqiqa kerak boʻldi. Granollers va Ceballos beshta eys qayd etdi, qoʻsh xatoga yoʻl qoʻymadi va oʻzlari qoʻlga kiritgan uchta breyk-poyntning barchasidan foydalandi. Italiyaliklar oltita eys qayd etdi, bir marta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va toʻrtta breyk-poyntdan faqat bittasini ishga soldi.

Har ikki juftlik Mark Vudford nomi bilan ataladigan guruhda ishtirok etmoqda. Ulardan tashqari, guruhdan Kristian Harrison / Nil Skupski va Kevin Krawits / Tim Pyuts ham joy olgan.