Nothingʻning boʻlajak ekransiz, AI-nativ qurilmasiga ilk nigoh
Nothing rahbari Karl Pey kompaniya kelasi oy taqdim etishni rejalashtirayotgan ekransiz AI qurilmasi dizaynini koʻrsatdi.

Pey 2026-yil 10-noyabr kuni X platformasida Nothingʻning yangi qurilmasi dizayni aks etgan qisqa videoni eʼlon qildi. Videoda burchaklari yumaloq, qirralari egri boʻlgan mat metall korpus koʻrsatilgan.
Old panelda yozib olish uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin boʻlgan qizil nuqtali katta fizik tugma joylashgan. Uning yonida choʻzinchoq kapsula shaklidagi ikkita LED indikator bor: biri toʻq sariq, ikkinchisi yashil rangda yonadi.
Nothing hozircha qurilmaning nomi va texnik xususiyatlarini oshkor qilmadi. Pey postiga «Kontekst chat oynasida yashamaydi» degan jumlani ilova qilgan. Manbaga koʻra, bu AI qurilmasi suhbatlar kontekstini eslab qolishi mumkinligiga ishora qilishi mumkin. Kompaniya faqat ekransiz mahsulotni kelasi oy taqdim etishini tasdiqladi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Ilon Maskning AI uchun millionta sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi maʼqullandi
Texnologiyalar10:15
